IIBning ikki nafar zobiti qo‘lga olindi
Ular giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasiga aralashib qolishgan. Bu haqda ichki ishlar vaziri matbuot kotibi xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 16 mart kuni Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasining ikki nafar ofitser xodimi giyovand moddalarning noqonuniy aylanmasiga aralashgani aniqlanib, hamkor tashkilotlar bilan birgalikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ular jinoyat ustida ushlangan.
Hozirda holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 25-moddasi, 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter