Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ichki ishlar xodimlarini chaqirgan erkakning o‘ziga nisbatan jinoyat ishi ochildi

Ichki ishlar xodimlarini chaqirgan erkakning o‘ziga nisbatan jinoyat ishi ochildi

Illyustrativ foto

Namangan viloyatida er xotinini qo‘rqitib qo‘yish uchun uyida yolg‘on o‘g‘irlik uyushtirdi. Bu haqda Prokuratura departamenti ma’lum qildi.

Namangan viloyatining Namangan tumani Qo‘rg‘oncha-2 ko‘chasida yashovchi 34 yoshli T.X. ichki ishlar organlarining «102» qisqa raqamiga murojaat qilgan. U joriy yilning 13-fevralga o‘tar kechasi noma’lum shaxs uning yashash xonadoniga devor oshish yo‘li bilan g‘ayriqonuniy ravishda kirib, yotoqxonasidagi yotoq divani ostida saqlayotgan 6 mln. so‘m pulni yashirin ravishda o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilib, noma’lum shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur holat yuzasidan Namangan tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan noma’lum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «g» bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan dastlabki tergov davomida, ushbu jinoyatni hech kim sodir etmaganligi, aksincha, uni xonadon egasi T.X. reja asosida qasddan o‘zi uyushtirganligi, bunga sabab qilib, birga yashovchi turmush o‘rtog‘i uning ruxsatisiz pullarini olib qo‘yayotganligi uchun uni qo‘rqitib qo‘ymoqchi bo‘lib IIBga yolg‘on xabar berganligi aniqlangan.

Mazkur jinoyat ishi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «g» bandidan 237-moddasi 1-qismi (yolg‘on xabar berish)ga qayta malakalanib, shu kuning o‘zidayoq T.X. gumonlanuvchi tariqasida jinoyat ishiga jalb qilingan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring