Hujjati yo‘q «Qaratau». Bir xonadondan salkam 20 000 shisha alkogol topildi
![Hujjati yo‘q «Qaratau». Bir xonadondan salkam 20 000 shisha alkogol topildi](https://static.xabaruz.com/crop/2/4/720_460_95_2456806745.jpg)
Departamentning Nukus shahar bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Q.Q. hech qanday hujjatlarsiz 2.844 shisha «Qaratau» nomli aroqlarni sotish maqsadida olib ketayotgani aniqlandi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.
Bu holat Nukus shahri, Ye.Alako‘z ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib borayotgan 2 ta «DAMAS» rusumli avtomashinalar to‘xtatilib ko‘zdan kechirilganda fosh bo‘lgan.
Departament xodimlari Q.Q.ning yashash xonadonini ham ko‘zdan kechirishadi va u yerda ham sotish maqsadida saqlab qo‘yilgan umumiy qiymati 233,9 mln. so‘mlik jami 19.687 shisha alkogol mahsulotlari mavjudligi aniqlanadi. Alkogol mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.
Mazkur holat yuzasidan Q.Q.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda, deyiladi Bosh prokuratura xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter