Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Hududgaz Toshkent» rahbari qamoqdan chiqarildimi? Prokuratura rasmiy bayonot berdi

«Hududgaz Toshkent» rahbari qamoqdan chiqarildimi? Prokuratura rasmiy bayonot berdi

«Hududgaz Toshkent» rahbari Muzaffar Aliyev qamoqdan ozod qilinib, ish joyida faoliyat olib borayotganligi to‘g‘risida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar yuzasidan Toshkent viloyati prokuraturasi rasmiy bayonot berdi.

Bayonotga ko‘ra, tergov harakatlari davomida Muzaffar Aliyevga nisbatan qo‘llanilgan «qamoq» ehtiyot chorasi «garov» ehtiyot chorasiga o‘zgartirilgan.

Bundan tashqari, M.Aliyevni lavozimidan chetlashtirish to‘g‘risida Jinoyat ishlari bo‘yicha sudning ajrimi mavjud.

Tergovga aralashish va to‘sqinlik qilish holatlarining oldini olish maqsadida boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi, deyiladi prokuratura bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, Sardor Umurzoqov rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda energiya resurslari bilan ta’minlash sohasida aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldashev ayrim ma’lumotlarni ochiqlab, «Hududgazta’minot» AJning Toshkent viloyati bo‘yicha tarkibiy bo‘linmasi bo‘lgan «Hududgaz Toshkent» filiali direktori M.A.ga nisbatan jinoyat ishi ochilganini hamda ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olinganini ma’lum qilgandi. Ma’lumotga qamoqqa olinish jarayoni fotosurati ilova qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring