Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Homilador enaga qing‘ir ishga qo‘l urdi

Homilador enaga qing‘ir ishga qo‘l urdi

Foto: «Tergov.uz»

2021-yil 15-yanvar kuni soat 10:30 larda noma’lum shaxs Toshkent shahar Chilonzor tumani 19-mavzesida joylashgan 44 yoshli Ilhom O.ga tegishli xonadonga g‘ayriqonuniy ravishda kirgan. U xonadon yotoqxonasidagi temir seyfni kalit tanlash yo‘li bilan ochgan va 7.000 AQSh dollari miqdoridagi pul, 2.588.000 so‘mlik qimmatbaho taqinchoqlar, ikki dona plastik kartani yashirin ravishda o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni Ilhom O.ning farzandlariga enagalik qiluvchi homilador 22 yoshli Mahbuba U. sodir etganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Mahbuba U.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi «a» bandi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring