Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hokimlik xodimi, bosh mutaxassis va advokat ushlandi

Hokimlik xodimi, bosh mutaxassis va advokat ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmatining Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Buxoro shahridagi advokatlik byurosi advokati, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida, prokuratura organlaridagi mansabdor tanishlari orqali yengillik yaratib berish evaziga 100 ming AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Ichki ishlar vazirligining Jizzax viloyati Transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, viloyat Transport boshqarmasining Tenderlar o‘tkazish bo‘limi bosh mutaxassisi Forish tumanida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi xususiy korxonaga davlat tomonidan berilgan «ISUZU» avtobusini sotish huquqi bo‘lmasada, jismoniy shaxsga 6,6 ming AQSh dollariga sotgan vaqtida ushlandi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Chinoz tumani hokimligi xodimi tumandagi kam ta’minlangan oilalarga imtiyozli kredit asosida berilgan uylardan birining egasini xabardorligisiz, u kredit to‘lovlarini amalga oshirmayotganligini ro‘kach qilib, ushbu xonadonni bank balansiga qaytarish orqali, boshqa bir fuqaro nomiga egalik huquqini beruvchi qaror chiqartirib, kredit rasmiylashtirib berish evaziga 6 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring