Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hokimlik va bank mansabdorlari qo‘lga olindi

Hokimlik va bank mansabdorlari qo‘lga olindi

Videodan lavha

Toshkent shahar Olmazor tumani hokimligining mansabdor shaxslaridan biri noqonuniy daromad olish maqsadida, 1978 va 1980 yillarda tug‘ilgan ikki nafar fuqaro bilan kelishgan holda, tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan shaxsning ishonchiga kirishadi.

Unga plastik trubalar ishlab chiqaruvchi zavod qurishi uchun yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Toshkent viloyatining Zangiota tumani hududidan 12 gektar yer maydoni olib berish evaziga 1 mln. 560 ming AQSh dollari talab qilishadi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlarining viloyat prokuraturasi hamda iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbiri davomida, ular Toshkent shahridagi restoranlardan birida avans sifatida 50 ming AQSh dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Yana bir boshqa holatda ham firibgarlik yo‘li bilan o‘zganing pul mablag‘ini o‘zlashtirmoqchi bo‘lgan bank xodimi ushlandi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Toshkent shahar boshqarmasi xodimi Toshkent viloyatida yashovchi fuqaroni hokimiyat tizimida ishlovchi tanishlari orqali 2022 yilning mart oyiga qadar Toshkent shahrida subsidiya hisobidan uy-joy oluvchilar ro‘yxatiga kiritish hamda uy-joy olishida ko‘maklashish evaziga, undan 2000 AQSh dollari olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Toshkent viloyat prokuraturasi hamda Departamentning Toshkent viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan ushlandi.

Hozirda har ikki holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 168 va 28, 211-moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring