Hokimlik mansabdoriga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Buxoro viloyati, Qorovulbozor tumanida tadbirkorni qarzdor qilib qo‘ygan guruh rahbari aniqlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qorovulbozor tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, tuman hokimligining tashkiliy kadrlar guruhi rahbari U.P. va boshqalar «U.E.» MChJ rahbari N.ning ishonchiga kirib, uning nomidan hujjatlarni soxtalashtirish orqali bank filialidan 290 mln so‘m kredit ajratilishiga erishib, tadbirkor N. hamda fuqaro M.ni bank oldida qarzdor qilib qo‘yib, kredit mablag‘ini firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter