Hokimiyat ko‘z jarrohligi uchun bergan pullar o‘g‘irlandi
Ko‘z jarrohligi uchun hokimiyat tomonidan berilgan pullarni firibgar o‘zlashtirdi.
Navoiy viloyati Navoiy shahrida yashovchi 2001 y.t., fuqaro Q.E. ariza bilan murojaat qilib, uning nogiron akasi uchun viloyat hokimiyati tomonidan bank kartasiga berilgan 22.000.000 so‘m miqdordagi pullar noma’lum shaxs tomonidan yechib olinganligi va ularni qaytarishda yordam so‘rab murojaat qilgan.
Tezkor-qidiruv tadbirlari davomida ushbu jinoyatni Toshkent shahar Uchtepa tumanida yashovchi 1993 y.t., B.R. sodir etganligi aniqlangan.
B.R. ushbu jinoyatni fuqaro Q.E.ga telegram messenjeri orqali aloqaga chiqib, ehson tariqasida pul o‘tkazib berishini bildirib, bank kartasi ma’lumotlarini qo‘lga kiritgan va bank kartasidagi pullarni o‘zlashtirgan.
B.R.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatma: hech qachon bank kartasi SMS kodini o‘zgalarga bermang!
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter