Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hokim yordamchilarida halollikni kuchaytirish bo‘yicha mashg‘ulotlar boshlandi

Hokim yordamchilarida halollikni kuchaytirish bo‘yicha mashg‘ulotlar boshlandi

Hokim yordamchilarida halollik va korrupsiyaga toqatsiz munosabatni kuchaytirish bo‘yicha maxsus seminar mashg‘ulotlari boshlandi.

Tahlillarga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-may oylarida hokim yordamchilari tomonidan 14 ta jinoyat sodir etilgan. Mazkur jinoyatlarning asosiy qismini poraxo‘rlik, mansabdorlik va firibgarlik jinoyatlari tashkil etadi.

Bu kabi salbiy holatlarning oldini olish maqsadida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda hududlar kesimida hokim yordamchilarini korrupsiyaga qarshi kurash va halollik bo‘yicha maxsus kurslarda o‘qitish tizimi yo‘lga qo‘yildi.

Shunga muvofiq, joriy yilning 20 iyun sanasidan e’tiboran mamlakatimiz hududlarida «O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashishning ustuvor yo‘nalishlari, davlat xizmatchilarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni va unga qarshi kurashish bo‘yicha ijobiy xulqni shakllantirish» mavzusidagi seminar mashg‘ulotlari boshlandi.

Unda Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining hududiy boshqarmalari, tuman (shahar) mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazlari xodimlari hamda hokim yordamchilari ishtirok etmoqda.  

Seminarlar joriy yil 1 iyul kuniga qadar mamlakatning barcha hududlarida bo‘lib o‘tadi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring