Hokim o‘rinbosarining uyidan 1,5 mln. dollar topilgani rostmi?

Toshkent shahri, Yunusobod tumani hokimining qurilish ishlari bo‘yicha o‘rinbosari E.Zaxidov pora bilan qo‘lga olingani haqida xabar bergan edik.
Mazkur xabar ortidan ayrim ijtimoiy tarmoqlarda hokim o‘rinbosari xonadoni tintuv qilinganda go‘yoki 1,5 million dollar miqdorida naqd pul topilgani haqida ma’lumotlar tarqaldi.
«Xabar.uz» so‘roviga muvofiq, Bosh prokuratura matbuot xizmati ayni ma’lumotga aniqlik kiritar ekan, alohida ta’kidladiki, E.Zaxidovni uyida 1,5 mln. AQSh dollari va Maldiv orollariga aviachipta aniqlanmagan. Biroq uning xizmat xonasi ko‘zdan kechirilganda ish stoli tortmasidan 5 ming AQSh dollari hamda o‘zining nomiga Toshkent-Istanbul yo‘nalishi bo‘yicha aviachipta «bron» qilinganligini tasdiqlovchi hujjat aniqlanib, bayonnoma asosida olingan.
Ayni paytda jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi «v» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
E.Zaxidov tegishli tartibda hibsga olingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter