Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Haydovchilarning bir-biriga o‘qrayishi pichoqbozlikka sabab bo‘ldi

Haydovchilarning bir-biriga o‘qrayishi pichoqbozlikka sabab bo‘ldi

Foto: «Tergov.uz»

2021-yil 25-mart kuni soat 2:30 larda aka-uka 30 yoshli Jaloliddin N. va 27 yoshli Jamoliddin N.lar boshqaruvidagi «Nexia-Ravon» rusumli avtomashinasida Navoiy shahar I.Karimov ko‘chasida joylashgan «Amfiteatr» majmuasi qarshisidagi chorrahada harakatlanib ketayotganlarida ular bilan yonma-yon harakatlanib kelayotgan «Malibu» rusumli avtomashina haydovchisi 28 yoshli Umid X. bilan bir-biriga «nega o‘qrayib qaraysan» deb avtomashinalarini chekkaga to‘xtatishadi. Hech bir sababsiz o‘zaro janjallashganliklari oqibatida Umid X.ning o‘ng oyoq son sohasiga pichoqcha bilan bir necha marotaba urib jarohat yetkazganlar.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Navoiy shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jaloliddin N. va Jamoliddin N.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 277-moddasi 2-qismi «a, B, v» bandi (Bezorilik, ya’ni bir guruh shaxslar tomonidan sovuq qurol bilan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinganlar.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring