Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«General Panning hibsga olingani borasida ma’lumot yo‘q» — Bosh prokuratura

«General Panning hibsga olingani borasida ma’lumot yo‘q» — Bosh prokuratura

Foto: «Uznews.uz»

Bugun internet saytlarida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Muhiddin Jo‘rayev hamda IIV Qorovul qo‘shinlari qo‘mondoni, general-mayor Dmitriy Pan vazifasidan ozod etilgani haqida xabarlar tarqaldi.

Ko‘p o‘tmay «Jahon.uz» sayti general Pan hibsga olinganini ma’lum qildi.

Ikkala amaldorning ishdan ketgani ehtimoli ancha yuqori ko‘rinadi. Negaki, «Gazeta.uz»ning hukumatdagi mansabasi ayni ma’lumotlarni tasdiqlagan. Biroq hibs haqida aniq ma’lumot yo‘q.

IIV matbuot xizmati «o‘z uslubi»ga ko‘ra tarqalgan xabarlarga izoh berishga shoshmayapti.

Generalning hibsga olinganiga oid «Xabar.uz» so‘roviga Bosh prokuraturaning matbuot xizmatidan olgan javobimiz shu bo‘ldi: «... bizda bu haqda rasmiy ma’lumot yo‘q»!

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring