Fuqarolarni 170 000 AQSh dollarga «uxlatganlar»ga nisbatan jinoyat ishi ochildi
Fuqarolarni 170 ming AQSh dollariga chuv tushirgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Bosh prokuratura mutbuot xizmati mahkama huzuridagi departamentga tayanib ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda «B.E.» xususiy korxonasi rahbari D.K va uning jinoiy sheriklari qilmishlari fosh etilgan. Ular bir necha fuqarolarni aldab, Surxondaryoning tog‘ va tog‘oldi yalangliklarida o‘suvchi noyob kovrak (ferula) o‘simligi smolasini shartnoma asosida yig‘ish uchun ruxsat olib berishi evaziga 170 000 AQSh dollari va 53,0 mln. so‘m pullarini firibgarlik bilan qo‘lga kiritgani aytiladi.
Qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter