Foizsiz 50.000.000 so‘mgacha kredit?!
Internet firibgarlarining yana bir urinishi haqida ogohlantirish berildi.
Telegram orqali turli kanal va guruhlarda «Qishloq qurilish bank to‘liq avtomatik kredit» degan sarlavha ostida «Qishloq qurilish bank» ATB nomidan foydalanib tarqatilayotgan «Siz ham men kabi quyidagi havola orqali kartangizga onlayn tarzda 0% dan 50.000.000 so‘mgacha kredit olishingiz mumkin» mazmunidagi xabarlar kelsa, aslo ularga ishonmang. Ushbu xabarlar — yolg‘on, deyiladi Kiberxavfsizlik markazi xabarida.
Qayd etilishicha, firibgarlar aldov orqali telegram messenjerida havolani boshqalarga tarqatishga urinmoqdalar va ishonuvchan shaxslarni o‘z tuzog‘iga tushirishni maqsad qilishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter