Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Firibgarning o‘zboshimchaligi fosh bo‘ldi

Firibgarning o‘zboshimchaligi fosh bo‘ldi

Foto: IIV

2021-yil 15-mart kuni Termiz shahrida 4-son Ichki ishlar bo‘limi Tergov bo‘linmasi xabariga ko‘ra, D.Sh. 2018-yil avgust oyida «Pattakesar» mahallasida vaqtincha yashovchi tanishi X.G‘.ga shaharning «Bog‘ishamol» mahallasida joylashgan akasi D.R.ning nomida bo‘lgan 500 kvadrat metrga teng bo‘lgan savdo-sotiq qilish uchun mo‘ljallangan noturar joyni 430.000.000 (to‘rt yuz o‘ttiz million) so‘mga sotadi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati ma’lum qilishicha, fuqaro D.Sh. ushbu mulkni yaqin qarindoshlari bilan kelishmagan holda boylik orttirish maqsadida o‘zboshimchalik bilan sotib yuborishi hamda buning oqibatida yaqin qarindoshlar o‘rtasida uzoq vaqtdan buyon kelishmovchilik davom etib keladi.

Shundan so‘ng D.Sh.ning turmush o‘rtog‘i Yu.T. 2020-yil 14-yanvar kunida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Termiz tumanlararo sudiga da’vo bilan murojaat qilib, shahardagi davlat notarial idorasi tomonidan 2018-yilning 2-avgust kunidagi D.R. va X.G‘.larning o‘rtasida tuzilgan oldi-sotdi shartnomasini bekor qildirib, noturar joyni qaytarib olgan va X.G‘.dan olgan 430.000.000 (to‘rt yuz o‘ttiz million) so‘mni qaytarib bermaganligi aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan 15-mart kuni D.Sh.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring