Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Faryod o‘rniga quvonch. Ikki daqiqalik hayot-mamot jangi haqida

Faryod o‘rniga quvonch. Ikki daqiqalik hayot-mamot jangi haqida

Karmana tumanida post patrul xizmati xodimlari bir yoshli qizchaning hayotini qutqarib qolishdi. Bu haqda Postda.uz xabar berib o‘tdi.

Joriy yilning 3 aprel kuni soat 21:00da Karmana tumanidan Navoiy shahri hududiga o‘tuvchi chegara posti tomon harakatlanib kelayotgan yengil mashina tungi navbatchilikda xizmat vazifasini o‘tayotgan Navoiy viloyati IIB PPX va JTSB 1-otryad safdor xodimi Ravshan Saitov va Milliy gvardiya xodimi Hojiakbar Boltaboyevning diqqatini tortdi. Avtomashina to‘xtatilganida, fuqaro L.Yo‘ldoshev rafiqasi bilan birgalikda hushsiz holdagi bir yoshli qizini shifoxonaga olib borishayotgani ma’lum bo‘ldi.

Qizaloqning hayoti xavf ostida qolayotganini tushungan R.Saitov va H.Boltaboyev avvaliga unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishadi. So‘ngra xizmat mashinasida zudlik bilan viloyat shoshilinch tez tibbiy yordam shifoxonasiga olib borishadi.

Oliy toifali shifokor Bobomurod Pardayevning ma’lum qilishicha, bemor yuqori isitma harorati bilan behush holda shifoxonaga olib kelingan. Ikki daqiqalik kechikish uning hayoti ayanchli yakun topishiga sabab bo‘lishi mumkin edi.

Osoyishtalik posbonlarining tezkorligi, vaziyatni to‘g‘ri anglagan holda amalga oshirgan sa’y-harakatlari tufayli qizaloqning hayoti saqlab qolindi. Ayni paytda qizchaning salomatligi yaxshi, u shifokorlar nazoratida.

O‘ktam USMONOV,

leytenant

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring