Bola suvda oqib ketayotgan edi...
Kecha, 15 iyul kuni soat 19:45 da Sirdaryo viloyat FVB markaziy-dispetcherlik xizmatiga Yangiyer shahar «Janubiy Mirzacho‘l» kanalida 13 yoshli bola o‘z ehtiyotsizligi oqibatida suvda oqib ketayotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Zudlik bilan voqea joyiga FVB qutqaruvchilari va IIB xodimlari yetib borgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida voyaga yetmagan fuqaro FVB qutqaruvchilari tomonidan sog‘-omon suvdan olib chiqilib, unga psixologik yordam ko‘rsatilgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi barcha ota-onalardan farzandlarini qarovsiz qoldirmasliklarini va belgilanmagan joylarda cho‘milishlariga ruxsat bermasliklarini so‘raydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter