Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Qonuningni pesh qilma menga...» degan shaxs10 sutkaga qamaldi

«Qonuningni pesh qilma menga...» degan shaxs10 sutkaga qamaldi

Joriy yilning 25 yanvar kuni «Farg‘ona suv ta’minot» MChJ Quvasoy shahar filiali nazoratchi xodimi B.S. (ayol) Cho‘lpon MFY Ko‘kterak ko‘chasi 37-uyning ichimlik suvidan muddati o‘tgan qarzdorliini unidirsh uchun borgan vaqtida shu uyda yashovchi 1989 yilda tug‘ilgan fuqaro A.G uni jamoat joyida haqorat qilib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini buzgan.

Mazkur holat yuzasidan shahar IIB tomonidan A.G.ga nisbatan MJtKning 183-moddasiga asosan ma’muriy hujjatlar rasmiylashtirilgan va qonuniy qaror qabul qilish uchun JIB Quvasoy shahar sudiga yuborilgan.

Sud fuqaro A.G. nisbatan yuqoridagi moddaga asosan 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinladi, deb xabar bermoqda Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring