DXX tijorat banki raisini qo‘lga oldi

Respublikamizda faoliyat yuritayotgan xususiy aksiyadorlik tijorat banklaridan birining boshqaruv raisi Toshkent shahridagi tadbirkorlardan biriga 4 mlrd. co‘m miqdorida kredit ajratib berish uchun pora sifatida 15 ming AQSh dollari talab qiladi.
DXX va Departament xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda mazkur bank rahbari so‘ralgan puldan 103 mln. so‘mni o‘z tanishiga tegishli MChJning hisob raqamiga o‘tkazish orqali qo‘lga kiritganligi aniqlandi.
Hozirda aniqlangan holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter