DXX bir qator korrupsion jinoyatlarni fosh qildi
![DXX bir qator korrupsion jinoyatlarni fosh qildi](https://static.xabaruz.com/crop/3/6/720_460_95_3697992797.jpg)
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda joylarda tezkor tadbirlar o‘tkazildi.
Xususan, Andijon viloyatidagi Injiniring kompaniya xodimi ushbu kompaniya buyurtmachiligi asosida davlat dasturi doirasida kam ta’minlangan oilalar uchun qurilgan ko‘p qavatli arzon uy-joylardan 2 ta xonadonni mahalliy fuqaro nomiga rasmiylashtirib, ushbu xonadonlar uchun bankdan imtiyozli kredit ajratilishida yordam berish evaziga 17800 AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.
Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda advokatlik firmasi advokati ichki ishlar organlari tomonidan Jinoyat Kodeksining 2511-moddasi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha o‘zining himoyasida bo‘lgan fuqaroni, tanishlari orqali jinoiy javobgarlikka tortmaslik masalasini ijobiy hal qilish evaziga 5000 AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.
Samarqand viloyati Ishtixon tumani irrigatsiya bo‘limining mansabdor xodimi esa mahalliy fermer xo‘jalik rahbariga xo‘jalikning o‘z hisobidan joriy etilgan tomchilatib sug‘orish texnologiyasi uchun sarflangan mablag‘larning bir qismi davlat tomonidan qoplanishini ma’lum qilib, unga 360 mln. so‘m miqdorida subsidiya mablag‘i ajratilishida yordam berish evaziga 3500 AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.
Avvalroq Namanganda o‘zini DXX xodimi deb tanishtirgan shaxs, Olmaliqda shahar adliya bo‘limi xodimi ushlangani xabar qilingandi.
Hozirda barcha holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter