Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

DXX arxitektor va uning mansabdor otasini qo‘lga oldi

DXX arxitektor va uning mansabdor otasini qo‘lga oldi

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda «O‘zbekiston shaharsozlik bo‘yicha loyihalash ilmiy-tadqiqot instituti» davlat muassasasining arxitektori andijonlik tadbirkordan 20 ming AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Aniqlanishicha, arxitektor «Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi» DUKning Andijon viloyati filiali direktori lavozimida ishlovchi o‘zining otasi bilan til biriktirib, tadbirkorga Andijon shahridagi 2 ta manzilda ko‘p qavatli turar-joy binolarini qurishiga oid qurilish sohasidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarni tegishli tashkilotlardagi tanishlari orqali rasmiylashtirib berishni va’da qilishgan.

Hozirda arxitektor va uning otasiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring