Deputat Rasul Kusherbayev bloger Olimjon Haydarovga qo‘yilgan ayblovlarga nisbatan e’tiroz bildirdi
Bloger Olimjon Haydarov ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 201-moddasi (yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘cha yurishlari yoki namoyishlar uyushtirish, o‘tkazish tartibini buzish) 1-qismi va 202-2-moddasi (yolg‘on axborot tarqatish) 2-qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklarni sodir etgan deb topilib, mazkur kodeksning 34-moddasi (bir necha huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun ma’muriy jazo qo‘llash) tartibida bazaviy hisoblash miqdorining 70 baravari (21 000 000 so‘m) miqdorida jarima solindi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev sudning qaroriga e’tiroz bildirib, namoyishlar uyushtirish tartibini qidirib topa olmaganini aytdi.
«Shu kunga qadar «yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘cha yurishlari yoki namoyishlar uyushtirish, o‘tkazish tartibi»ni ko‘rmadim ham o‘qimadim ham. Qidirib ham topolmayapman.
Ichki ishlar vazirligi mas’ullaridan ham so‘radim, yo‘q ekan. Suddan iltimos qilamiz: boshqalar ham tartibni buzib qo‘ymasligi uchun o‘sha o‘zlariga ma’lum «yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘cha yurishlari yoki namoyishlar uyushtirish, o‘tkazish tartibi»ni bizlarga ham ma’lum qilib, tushuntirib berishsin.
Agarki tartibni buzgan, deb topibdimi, demak bu tartib sudga ma’lum. Shu bois, Oliy suddan javob kutamiz», — deb yozdi deputat o‘zining Telegram kanalida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter