Prokuratura Denovda tabiiy gazga noqonuniy ulanish holatini fosh etdi
Denov tumanida ohak ishlab chiqarish sexida tabiiy gaz tarmog‘iga noqonuniy ulanish holati fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Denov tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro M.A. tumandagi «Totuvlik» va «Qo‘zichoqli» mahallalarida joylashgan ohak ishlab chiqarish sexlarida tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanishi oqibatida «Hududgaz Surxondaryo» filiali manfaatlariga 59,9 mln so‘m zarar yetkazganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan M.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (Elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter