Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Dekret»dagilarning ish joyi qisqarishi mumkinmi?

«Dekret»dagilarning ish joyi qisqarishi mumkinmi?

Foto: «dobrenok.com»

«Bola parvarishi bo‘yicha ta’tilda edim. Yaqinda ishga chiqmoqchi bo‘lib korxonamga bordim. Ammo shtatlar qisqargani bois mening ish joyim ham qisqartirilibdi. Ishsiz qoldim. Nima qilsam bo‘ladi?»

Bola parvarishlash ta’tilidagi ayolning ish o‘rni saqlanishi borasidagi norma qonunchilikda belgilangan. Ayni vaziyatda ish beruvchingiz tomonidan qonunbuzarlikka yo‘l qo‘yilgan.

Mehnat kodeksiga ko‘ra, homilador ayollar va uch yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga yo‘l qo‘yilmaydi, korxonaning butunlay tugatilish hollari bundan mustasno, bunday hollarda mehnat shartnomasi ularni albatta ishga joylashtirish sharti bilan bekor qilinadi.

Mazkur holatda siz bilan tuzilgan mehnat shartnomasida belgilangan ishni berishini rahbaringizdan talab qilishingiz zarur. Agar natija ijobiy bo‘lmasa, sudga murojaat qilishga haqlisiz.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring