Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chinoz tuman sudi raisi hibsga olingani aytilmoqda

Chinoz tuman sudi raisi hibsga olingani aytilmoqda

Foto: «HOLA News»

Xabarlarga qaraganda jinoyat ishlari bo‘yicha Chinoz tuman sudi raisi poraxo‘rlikda gumonlanib qo‘lgan olingan. Pora miqdori uch ming AQSh dollari ekani va u advokat vositachiligida olingani aytilmoqda.

Ayni holatni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Bosh prokuratura rasman tasdiqlagani yo‘q.

Keyingi olti-yetti oy mobaynida bir necha nafar sudya pora bilan qo‘lgan olinganidan ko‘plar boxabar.  Shu yilning boshida fuqarolik ishlari bo‘yicha (FIB) Urganch tumanlararo sudining sudyasi Z.I. turar-joyga nisbatan mulk huquqini belgilash bo‘yicha nizoni «hal qilib berish» evaziga 12 ming AQSh dollari olayotganda qo‘lga tushgandi.

Oradan ko‘p o‘tmay jinoyat ishlari bo‘yicha Urganch tuman sudi sudyasi yordamchisi ham pora bilan qo‘lga tushgani haqida xabarlar tarqaldi.

Shuningdek, FIB Qarshi tumanlararo sudi sudyasi va Oqdaryo tuman ma’muriy sudi raisi ham pora ustida ushlangandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, shu yilning o‘tgan davrida odil sudlovni amalga oshirishda yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun 151 nafar sudyaga nisbatan  tegishli choralar ko‘rilgan: ularning 95 nafariga hayfsan e’lon qilinib, 27 nafari ogohlantirilgan bo‘lsa, 11 nafari vazifasidan ozod etilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring