Chet ellik investor bilan uchrashish uchun 96 million so‘m to‘landi
Aliment to‘lovlari davriy to‘lovlar sirasiga kirib, bola voyaga yetguniga qadar to‘lab boriladi. Bugungi kunda, aliment to‘lovchi shaxslarning ko‘pchiligi oldindan to‘lov tartibi haqida tushunchalarga ega. Shu bois, mamlakat hududidan chetga chiqish istagida bo‘lgan yoki xorijga safarga otlanayotgan fuqarolar farzandlari ta’minoti uchun 5 yillik to‘lovlarni oldindan to‘lab qo‘ymoqda.
Andijon shahrida istiqomat qiluvchi A.A. sud qaroriga binoan 2021yildan buyon bir nafar farzandi uchun aliment to‘lab keladi. Ijro harakatlari davomida Byuro xodimlari tomonidan xorijga chiqish huquqlari cheklangan.
Shu sabab, aliment to‘lovchi sudga murojaat etib, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi, chet ellik investorlar bilan hamkorlik qilishi uchun xorijga safar qilishi zarurligini bildirgan. Shuningdek, oldindan 5 yillik to‘lovni amalga oshirgani holda ijro etish usuli va tartibini o‘zgartirishni so‘ragan.
Sud ajrimi bilan 2024 yil fevral oyidan 2029 yil fevral oyiga qadar hisoblangan 96,6 mln. so‘m aliment to‘lovlarini bir yo‘la to‘lash sharti bilan ijro etish usuli o‘zgartirilgan.
60 oy uchun mo‘ljallangan 96,6 mln. so‘m miqdoridagi aliment to‘lovlari undiruvchiga topshirilgach, xorijga otlanayotgan shaxsning chetga chiqish uchun cheklovlari bekor qilindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter