Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Budjet puli eng ko‘p talon-toroj qilingan viloyatlar aniqlandi

Budjet puli eng ko‘p talon-toroj qilingan viloyatlar aniqlandi

Illyustrativ foto

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti va uning hududiy boshqarmalari tomonidan 2020-yilda budjet mablag‘larini maqsadli sarflanishi yuzasidan amalga oshirilgan nazorat ishlari to‘g‘risida xabar berilgandi. Unga ko‘ra, budjet puli eng ko‘p talon-toroj qilingan vazirliklar ro‘yxati taqdim qilingandi.

Mahalliy budjetlar mablag‘larini maqsadli sarflanishi yuzasidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida esa jami 175,3 mlrd.so‘m miqdorida, jumladan Qashqadaryo (26,1 mlrd.so‘m), Andijon (19,8 mlrd.so‘m), Surxondaryo (16,5 mlrd.so‘m), Farg‘ona (14,4 mlrd.so‘m), Toshkent (13,2 mlrd.so‘m), Jizzax (13 mlrd.so‘m), Samarqand (13 mlrd.so‘m), Sirdaryo (12,9 mlrd.so‘m), Namangan (12 mlrd.so‘m), Xorazm (6 mlrd.so‘m), Buxoro (3,6 mlrd.so‘m), Navoiy (2,4 mlrd.so‘m) viloyatlarida hamda Toshkent shahrida (13,8 mlrd.so‘m) va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (8,1 mlrd.so‘m) qonunbuzilish holatlari va boshqa xato-kamchiliklar aniqlangan.

2020-yilda budjet muassasalarida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 54,5 mlrd.so‘m miqdorida naqd pul mablag‘larini o‘zlashtirish (bankdan olingan naqd pulni tashkilot g‘aznasiga kirim qilinmasligi, ishlamagan shaxslarga ish haqi hisoblanib, to‘lanishi va boshqalar) holatlari aniqlangan bo‘lib, ushbu qonun buzilishi holatlari o‘tgan yil (2019-yilda – 7,2 mlrd.so‘m)ga nisbatan 7,5 martaga ko‘paygan.

Budjet qonunchiligini buzganligi uchun budjetdan mablag‘ oluvchi tashkilotlarning 48 nafar rahbar va boshqa mansabdor shaxslariga o‘rnatilgan tartibda jarimalar qo‘llanilgan.

Shuningdek, 3 033 ta nazorat tadbirlarida aniqlangan 239,5 mlrd.so‘mlik qonunbuzilish holatlari qonuniy choralar ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring