«BYD HAN» jarima maydoniga yo‘l oldi
Eng zamonaviy rusumdagi avtoransport egasi bo‘laman deb uni kredit asosida xarid qilayotganlar kam emas. Kimdir to‘lovlarni vaqtida amalga oshirsa, boshqa biri...
Shu kunlarda MIB tomonidan ma’muriy hamda bank kredit qarzdorliklarini majburiy tartibda undirish bo‘yicha YHXB bilan hamkorlikda qo‘shma tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Jumladan, Toshkent viloyati hududida o‘tkazilayotgan tadbirlar davomida Byuroning Chinoz tuman bo‘limi ish yurituvidagi fuqorolik ishlari bo‘yicha Quyichirchiq tumanlararo sudining ijro hujjatiga asosan qarzdor A.U.dan, undiruvchi «Asakabank» ATB foydasiga 658.726.404,76 so‘m kredit qarzini undirish va undiruvni garovga qo‘yilgan 2023 yilda ishlab chikarilgan «BYD HAN EV» rusumli transport vositasiga qaratish to‘g‘risidagi qarorning ijrosi bo‘yicha tezkor tadbir o‘tkazildi.
Mazkur avtortansport vositasiga qidiruv e’lon qilindi. 14 iyun kuni o‘tkazilgan navbatdagi «Autocon» tadbirida mazkur avtoransport vositasi aniqlanib, YHHB yordamida to‘xtatilgan va tegishli tartibda rasmiylashtirilib, jarima maydoniga qo‘yilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter