Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxorolik yigitni intim video bilan shantaj qilib, «Lacetti Gentra» talab qilgan qiz qo‘lga olindi

Buxorolik yigitni intim video bilan shantaj qilib, «Lacetti Gentra» talab qilgan qiz qo‘lga olindi

Foto: «UzNews.uz»

2019-yil 20-may kuni viloyat IIB JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir jarayonida Buxoro shahar Fatxobod ko‘chasida yashovchi, 1996-yilda tug‘ilgan Z.J. jinoiy sheriklari — Romitan tuman X.Azizon ko‘chasida yashovchi, 1984-yilda tug‘ilgan B.Q. va Romitan tuman Sho‘robod mahallasida yashovchi, 1985-yilda tug‘ilgan N.G‘.lar qo‘lga olingan.

Viloyat IIB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ular oldindan o‘zaro jinoiy til biriktirib, Romitan tuman S.Ayniy ko‘chasida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan fuqaro Sh.S.ni 2019-yil aprel oyining oxirlarida u bilan jinsiy aloqada bo‘lganligini tasdiqlovchi videoyozuvlarni uning oilasiga ko‘rsatib sharmanda qilishini aytib, jabrlanuvchi uchun sir saqlanishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarni oshkor qilish bilan qo‘rqitib, buning evaziga undan «Lacetti Gentra» rusumli avtomashina olib berishini talab qilishgan.

Ular jabrlanuvchini Buxoro shahridagi «Sitora-Avtosavdo» MChJ filialida Z.J nomiga «Lacetti Gentra» sotib olish to‘g‘risidagi shartnomani rasmiylashtirishga ko‘ndirib, mashina uchun 128.679.875 so‘m miqdordagi pullarni bankka topshirtirayotgan vaqtda ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Z.J, B.Q va N.G‘.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 165-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, B.Q va N.G‘.larga nisbatan «garov», Z.J.ga nisbatan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring