Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda tanishining 57 ming AQSh dollarini yeb yuborgan «ustasi farang» ushlandi

Buxoroda tanishining 57 ming AQSh dollarini yeb yuborgan «ustasi farang» ushlandi

Foto: «Sputnik»

Buxoro viloyatining Vobkent tumanida shu yil 21-oktyabr kuni IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, 2014-yil 10-noyabr kuni Charmgaron MFYda yashovchi Sh.M. tanishi J.X.ga birgalikda temir oldi-sotdisi bilan shug‘ullanishni aytib, aldov yo‘li bilan 57 ming AQSh dollar pulini oladi.

Ammo u bergan va’dasini bajarmay, shu kungacha pullarni qaytarib bermagan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, Sh.M. qo‘lga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring