Bosh prokuror nozik mehmon bilan uchrashdi
Bugun, 1 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari Kengashining Terrorizmga qarshi kurashda inson huquqlarini rag‘batlantirish va himoya qilish masalalari bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Fionulla Ni Aolayn bilan uchrashdi.
Mahkama matbuot xizmatiga ko‘ra, uchrashuv davomida Bosh prokuror tomonidan prokuratura organlarining funksiyasi va vazifalari, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish sohasida amalga oshirilgan ishlari, shuningdek, sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlari haqida ma’lumot berilgan.
Maxsus ma’ruzachi esa O‘zbekistonda sud-huquq sohasida va fuqarolarning huquq va erkinliklari himoyasini ta’minlashda amalga oshirilayotgan islohotlarga ijobiy baho bergan. Davlat rahbari tomonidan ushbu sohalarda amalga oshirilayotgan tizimli va izchil chora-tadbirlar ham e’tirof etilgan.
Uchrashuv ikki tomonlama konstruktiv muloqot va o‘zaro anglashuv ruhida o‘tdi, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter