Bosh prokuratura jamoatchilikka murojaat qildi
Bosh prokuratura keng jamoatchilik e’tiborini yana bir bor prokuratura organlarida korrupsiyaga qarshi murosasiz va keskin kurash olib borilayotganiga qaratadi.
Binobarin, Bosh prokuratura mamlakatimizning har bir fuqarosini jamiyatda, xususan, prokuratura organlarida korrupsiyani tag-tomiri bilan bartaraf etishda faol hamkorlikka chaqiradi.
Agar prokuratura organlarining biron-bir xodimi faoliyatida korrupsiya bilan bog‘liq xatti-harakat (yoki harakatsizlik)ni kuzatsangiz, sezsangiz, bu haqda zudlik bilan Bosh prokuratura Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasining (71) 202-08-28 raqamli «Ishonch telefoni»ga ma’lum qilishingizni so‘raymiz.
Murojaatchilar haqidagi ma’lumotlarning sir saqlanishi to‘liq kafolatlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter