Bolalarning kiyimlarini o‘g‘irlagan shaxs ushlandi
2021-yil 23-sentyabr kuni Mingbuloq tumanida yashovchi, 1988-yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilgan. shu yil 22-sentyabr kuni soat 09:00 dan soat 21:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxs yashash xonadoniga eshik qulfini buzib kirib, javon ichida bo‘lgan 1.000.000 so‘m pulini va bolalar kiyim-kechaklarini o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan. Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Tuman IIB JQB boshlig‘i va HPMB profilaktika inspektorlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni Mingbuloq tumanida yashovchi, 1965-yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Mingbuloq tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021-yil 23-sentyabr kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter