Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bog‘chadagi xunuk holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi 

Bog‘chadagi xunuk holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi 

Foto: Xabar.uz

Chilonzordagi 230-sonli bolalar bog‘chasida direktorning 15 yoshli (9-sinf) o‘g‘li 6 yosh atrofidagi 4 nafar qizchaga, ular uxlashga yotgan vaqtida tegajog‘lik qilgani xabar berilgandi.

Holat yuzasidan jinoyat ishi ochildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi. 

«2 may kuni 4 nafar fuqaro Chilonzor tumani IIO FMBga ariza bilan murojaat qilib, ularning farzandlari (6 yoshli qizlar) Chilonzor tumanidagi maktabgacha ta’lim muassasasida uxlab yotganida, voyaga yetmagan, 2008 yilda tug‘ilgan X.Sh. ular tanasining turli qismlarini qo‘li bilan ushlab, uyatsiz buzuq harakatlar sodir etganini, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan», deyiladi xabarda. 

Holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB tomonidan Jinoyat kodeksining 25-moddasi orqali 119-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring