Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Baxti Tashkentskiy va 36 nafar sudlanuvchi — ertaga Toshkentda ochiq sud jarayoni boshlanadi

Baxti Tashkentskiy va 36 nafar sudlanuvchi — ertaga Toshkentda ochiq sud jarayoni boshlanadi

B. Qudratullayev (Baxti Tashkentskiy) va boshqalarga oid jinoyat ishi yuzasidan ma’lumot berildi.

2024 yil 3 iyun soat 10.00 da jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudi binosida B. Qudratullayev va boshqalarga (jami 37 kishi) oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni boshlanadi.

Ushbu jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudining raisi T. Obidov raisligida birinchi instansiya sudida ko‘rib chiqiladi.

Dastlabki tergov organining ayblov xulosasiga ko‘ra sudlanuvchilar B. Qudratullayev, Sh. Kurbanov, B. Zafarov, Sh. Rahimov, A. Xodjayev, D. Sharipov, A. Mirzaxanov, Sh. Sulaymonqulov, A. Norkulov, S. Xatamov, N. Jumaniyazova, R. Shakurov, Sh. Qudratullayev, T. Turmonov, F. Vapayev, M. Nasirxodjayev, D. Mo‘minxo‘jayev, M. Usmonboyev, M. Shodmanov, B. Xudayarov, A. Mashrafxanov, V. Kurbanov, A. Maxamadiyorov, A. Djurayev, B. Bakayev, I. Qudratullayev, A. Aliyev, J. Soliyev, A. Tursunboyev, B. Narmirzayev, F. Kamalov, M. Mirzoyev, N. Bagadirov, A. Щyelyov, M. Kurbanov, O. Islamov va M. Ibadullayev Jinoyat kodeksining 104, 109, 138, 165, 168, 228, 242, 243, 273, 276 va 277-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

36 nafar sudlanuvchiga nisbatan «qamoqqa olish» va 1 nafariga «garov» tarzidagi ehtiyot choralari qo‘llanilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring