Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bankirlar 119 nafar fuqaro nomiga rasmiylashtirilgan salkam 1 mlrd so‘mni o‘zlashtirgan

Bankirlar 119 nafar fuqaro nomiga rasmiylashtirilgan salkam 1 mlrd so‘mni o‘zlashtirgan

Foto: «Daryo»

Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida bank xodimlari 119 nafar fuqaro nomiga rasmiylashtirilgan salkam 1 milliard so‘mlik kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan. Bu haqda viloyat prokurori Erkaboy Tojiyev korrupsiyaga qarshi o‘tkazilgan majlisda aytib o‘tdi, deya xabar berdi «Daryo».

Ta’kidlanishicha, «Qishloqqurilishbank»ning Ko‘kdala filiali mansabdor shaxslari Chiroqchi tumanining Ko‘kdala qishlog‘ida yashovchi 119 nafar fuqaro nomiga rasmiylashtirilgan salkam 1 milliard so‘m kredit mablag‘ini o‘zlashtirib yuborgan.

Viloyat prokurorining ma’lumot berishicha, 2020-2021-yillarda viloyatda 49 nafar bank xodimiga nisbatan 31 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

«Mikrokreditbank»ning Chiroqchi filiali sobiq boshqaruvchisi Fayziyev tadbirkorga ajratilgan 786 million so‘m kredit mablag‘i qayratilmagan bo‘lsa-da, kredit ta’minoti uchun garovga olingan ko‘chmas mulkni garovdan chiqarib, kreditni o‘zlashtirgan», — deydi viloyat prokurori Erkaboy Tojiyev.

Erkaboy Tojiyevning qo‘shimcha ma’lumot berishicha, viloyatda sog‘liqni saqlash tizimida ham korrupsiya ildiz otgan bo‘lib, 2020-2021-yillarda 27 ta jinoyat ishi bo‘yicha 28 nafar sog‘liqni saqlash tizimi mansabdori javobgarlikka tortilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring