Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ayrim sudyalarning ish joyi o‘zgardi

Ayrim sudyalarning ish joyi o‘zgardi

Foto: Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati

Sudyalar oliy kengashining bugungi yig‘ilishida ayrim sudyalarni vakolati muddati davriga qayta tayinlash ham muhokama etildi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati «Xabar.uz»ga ma’lum qildi.

Foto: Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati

Ta’kidlanishicha, qayta tayinlovlar ochiq tanlov va muqobillik asosida o‘tgan.

Yakunda Kengash qarori bilan:

Madaminov Dilmurod Abdumalikovich — sudyalik vakolati muddati davriga Namangan viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Namangan viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Pop tuman sudining raisi lavozimidan ozod qilindi.

Jabbarov Ibrohim Sultonmuratovich — sudyalik vakolati muddati davriga Namangan viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Chortoq tuman sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Namangan viloyati jinoyat  ishlari bo‘yicha Chust tuman sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi.

Shuningdek, Sudyalar oliy kengashi  qarori bilan, yozma arizasiga binoan, Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudining sudyasi Svetkov Vladislav Olegovich lavozimidan ozod etilib, sudyalik vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring