Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ayoli va uch qizini uyga kiritmagan shaxs 5 sutkaga qamaldi

Ayoli va uch qizini uyga kiritmagan shaxs 5 sutkaga qamaldi

Aziz va Farida (ismlar o‘zgartirilgan) turmushi davomida 3 nafar qizli bo‘lishdi.

Er har safar qiz farzandli bo‘lganida bu Allohning inoyati ekanligini anglamay, ayolini ayblashdan to‘xtamasdi.

Oilada qaynona-qaynota va turmush o‘rtog‘ining ozorlariga chidab kelgan Faridani oxiri uyga sig‘dirmay qo‘yishdi. Hatto uch qizi bilan haydab yuborishdi. 

Yosh ayol juda qiynaldi, bir yil turli joylarda hayot kechirdi, boradigan joyi yo‘qligi sabab, sud orqali turmush o‘rtog‘ining uyiga kirishga urindi. Ammo buni qarangki, bir yil bolalaridan uzoqda bo‘lib ham, otaning ko‘ngli yumshamabdi, ularni uyga kiritishni istamadi.

Majburiy ijro byurosining Shahrisabz tuman bo‘limi davlat ijrochilari Azizni bir necha marotaba ogohlantirishdi. Majburiy ijro harakatlari tayinlangan kun uyga qulf osib, uydan chiqib ketdi, turli o‘yinlar qilishga urindi. Ammo qonunchiligimizda ham bunday shaxslarga qarshi jazo choralari belgilangan.

U O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 198/2 moddasining 5-qismiga asosan ijro hujjatining ijro etilishiga to‘sqinlik qilganligi sababli unga nisbatan ma’muriy qamoq jazo chorasi qo‘llanildi.

Sarvar Xurramov,
MIB Shahrisabz tuman bo‘limi davlat ijrochisi

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring