Asakada nabira 82 yoshli buvisi hayotiga zomin bo‘ldi
Joriy yilning 31-oktyabr kuni Andijon viloyatining Asaka tumanida yashovchi I.N. uyida o‘zaro janjal sabab birga yashagan 82 yoshli buvisi T.J.ning yuziga qo‘li bilan urib jarohat yetkazishi natijasida buvisi voqea joyida vafot etgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, I.N. ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter