«Asakabank» filiali bo‘lim boshlig‘iga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
AT «Asakabank» Buxoro viloyat filiali bo‘lim rahbari F.F.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Departament ma’lumotlariga tayanib, Bosh prokuratura matbuot xizmati «Xabar.uz»ga ma’lum qildi.
Aytilishicha, u «B.M.F» MChJ rahbari N.X. bilan oldindan til biriktirgan holda 6 nafar fuqaro nomiga (ularning xabardorligisiz) bank plastik kartalarni rasmiylashtirib, jami 1,6 mlrd. so‘m pul mablag‘larini naqdlashtirishtirilgani aniqlangan.
Holat yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter