Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Surxondaryoda bir necha shaxs maktab o‘quvchisining nomusiga tekkani aytilgan xabar bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Surxondaryoda bir necha shaxs maktab o‘quvchisining nomusiga tekkani aytilgan xabar bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Foto: «Xabar.uz»

Ijtimoiy tarmoqlarda bir necha kishi Surxondaryoda maktab o‘quvchisini o‘g‘irlab nomusiga tekkani, ular ozodlikda yurgani haqida xabar tarqalgan. Viloyat IIB holatga munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan 2021-yil 3-noyabr kuni Jinoyat kodeksining 128-1-moddasi 1-qismi (o‘n olti yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxs bilan moddiy qimmatliklar berish yoxud mulkiy manfaatdor etish orqali jinsiy aloqa qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari yakunlangan. Jinoyat ishi mazmunan ko‘rib chiqish uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz shahar sudiga yuborilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring