Andijonda tergovni hal qilmoqchi bo‘lganlarning o‘zi tergovga tushdi
Andijon viloyatida tergov ostidagi ayblanuvchilarga yengilroq jazo tayinlashga ko‘maklashmoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro X.A. fuqarolar K.Q. va M.T.larga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha olib borilayotgan tergov jarayonida go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali K.Q.ga bir yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlash va M.T.ga nisbatan jazodan ozod etish haqidagi hukm o‘qilishi evaziga ayblanuvchilarning qarindoshlaridan 8 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter