Andijonda kaptar o‘g‘risi ushlandi
Andijon viloyati, Bo‘ston tumani IIBga (sobiq Bo‘z tumani) Do‘stlik MFYda yashovchi fuqaro J.I ariza bilan murojaat qilib, shu yilning 5 yanvarga o‘tar kechasi kaptarlari o‘g‘irlab ketilgani haqida ma’lum qildi.
Murojaatda noma’lum shaxs tomonidan hovlida bo‘lgan umumiy narxi 1.800.000 so‘mlik 12 dona kaptar o‘g‘irlab ketganligini bildirilgan. Olib borilgan tezkor choralar natijasida noma’lum shaxs aniqlanib ushlandi. U Namangan viloyatida yashovchi fuqaro U.I bo‘lib chiqdi. U.I.dan ashyoviy dalil sifatida 12 dona kabutarlar olingan.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruvni Bo‘ston tumani IIB olib bormoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter