Andijon yaqqol «peshqadam» – Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan budjet buyurtmachilari tomonidan maxsus axborot portalida joylashtirilgan davlat xaridlariga oid e’lonlar muntazam o‘rganib borilmoqda.
Agentlik tomonidan joriy yilning iyun-iyul oylarida o‘tkazilgan monitoring tadbirlarida Respublika bo‘yicha budjet buyurtmachilari tomonidan qiymati 141 mlrd. so‘mlik 458 ta tanlovda «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi va «Raqobat to‘g‘risida»gi Qonunlarning talablari buzilishiga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi.
Shundan:
- Andijon viloyatida 34,4 mlrd. so‘mlik (104 ta);
- Toshkent shahrida 19,5 mlrd. so‘mlik (51 ta);
- Toshkent viloyatida 13,9 mlrd. so‘mlik (50 ta);
- Surxondaryo viloyatida 13,8 mlrd. so‘mlik (43 ta);
- Samarqand viloyatida 12,8 mlrd. so‘mlik (50 ta);
- Qashqadaryo viloyatida 12,5 mlrd. so‘mlik (41 ta);
- Jizzax viloyatida 8,3 mlrd. so‘mlik (20 ta);
- Buxoro viloyatida 7,3 mlrd. so‘mlik (33 ta);
- Xorazm viloyatida 5,3 mlrd. so‘mlik (18 ta);
- Navoiy viloyatida 5,2 mlrd. so‘mlik (16 ta);
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida 3,4 mlrd. so‘mlik (11 ta);
- Namangan viloyatida 2,6 mlrd. so‘mlik (11 ta) hamda
- Farg‘ona viloyatida 2,0 mlrd. so‘mlik (10 ta) tanlovlar bo‘yicha davlat xaridlariga oid qonunchilik talablari buzilganligi ma’lum bo‘ldi.
Xozirda o‘rganishlarda aniqlangan qonunbuzilish holatlari bo‘yicha to‘plangan hujjatlar mansabdor shaxslarning xatti-harakatlariga qonuniy baho berish maqsadida prokuratura organlariga yuborish choralari ko‘rilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter