Andijon va Xorazm viloyatlarida institut xodimi va talaba ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon shahar bo‘limi tomonidan viloyat DXX bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Andijon davlat tibbiyot instituti hisobchisi M.A. abituriyent D.ning ishonchiga kirib, uni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali institutning «Pediatriya ishi» yo‘nalishiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 10 000 AQSh dollari bilan birga fuqarolik pasporti nusxasi va abituriyent varaqchasini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir, Urganch davlat universiteti talabasi M.M. fuqaro S.ni ushbu universitetning tarix fakultetiga universitetda ishlovchi tanishlari orqali o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 5 000 AQSh dollarini fuqaro O. orqali olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter