Amerika hukumati aybsiz 46 yil qamoqda o‘tirgan rassomga 1,5 million tovon to‘laydi
Amerika hukumati aybsiz qamalib, 46 yil umrini panjara ortida o‘tkazgan Richard Fillipsga 1,5 million dollar tovon to‘laydi. Bu haqda «Gazeta.ru» sayti «CBS News»ga asoslanib yozmoqda.
Ta’kidlanishicha, prokuratura ikkinchi urinishdan so‘ng tovon pulini to‘lashga ko‘ngan.
Fillipsni qotillikda ayblab, 1971-yili bir umrga qamashgan. Oradan uzoq yillar o‘tib u hech kimni o‘ldirmagani, guvoh yolg‘on ko‘rsatma bergani ma’lum bo‘ldi.
Mavzuga oid: Umrining 39 yilini qamoqda o‘tkazgan «aybsiz aybdor»ga 21 million dollar beriladi
Fillips qamoqxonadaligi paytida tasviriy san’atga qiziqib qolgan va u hozir yaxshigina rassom. Ayrim asarlari minglab dollarga sotilmoqda.
«Ular menga tovon to‘lashadimi-yo‘qmi, farqi yo‘q», — ta’kidladi Fillips.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter