Advokatlar QQS to‘lamaydi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining kecha bo‘lib o‘tgan navbatdagi majlisi chog‘ida advokatlik tuzilmalarini qo‘shimcha qiymat solig‘i (QQS) to‘lovchilariga aylantirishni ko‘zda tutuvchi normaga qat’iy e’tiroz bo‘ldi, deb xabar bermoqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari Odiljon Tojiyev.
Ya’ni, «Soliq va budjet siyosatining 2023 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi bilan Soliq kodeksining 70-bobini (Advokatlar hay’atlariga, advokatlik firmalariga, advokatlik byurolariga va advokatlarga soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari) chiqarib tashlash yo‘li orqali advokatlik tuzilmalarini QQS to‘lovchilariga aylantirish nazarda tutilgan.
Biroq, deputatlar fikricha, bu kabi omillar advokatlar tomonidan ko‘rsatiladigan yuridik yordamning qiymati oshirilishiga, fuqarolar va yuridik shaxslarning malakali yuridik ko‘mak olish imkoniyati pasayishiga sabab bo‘ladi.
Uzoq davom etgan tortishuvlar, savol-javob va bahs-munozaralardan so‘ng xalq vakillari taklifi bilan mazkur norma qonun loyihasidan chiqarib tashlandi, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter