Advokat firibgarlik bilan qo‘lga tushdi
Romitan tumani Qoqishtuvon mahallasida yashovchi, 1980-yilda tug‘ilgan Q.H. huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga murojaat qilib, unda turmush o‘rtog‘ining huquqlarini sudda himoya qilayotgan advokat Olot tumani Denov mahallasida yashovchi, 1959-yilda tug‘ilgan H.R. ta’magirlik yo‘li bilan 2.500 AQSh dollari talab qilayotganligini bayon qilgan. Bu haqda Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati xabar bergan.
Ayolning murojaati asosida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi, prokuratura va Departament xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida advokat H.R. kimyoviy ishlov berilgan 1500 AQSh dollarini olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Mazkur holat yuzasidan H.R.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter