Adliya vazirligi o‘quv kursini tamomlagan jurnalistlarga sertifikatlar topshirildi
Avvalroq Adliya vazirligi jurnalistlar va ommaviy axborot vositalari vakillari uchun huquqiy mavzularda o‘quv kurslarini tashkil etgani haqda xabar qilgan edik.
Vazirlik tomonidan «Jurnalistika: huquqiy amaliyot va ko‘nikmalar» deb nomlangan ushbu o‘quv seminarining dastlabki bosqichida malakasini oshirgan bosma OAV vakillariga sertifikatlar topshirildi.
Ma’lum qilinishicha, ikki kun davom etgan mashg‘ulotlarda 30 dan ziyod jurnalistlar o‘qitilgan.
Navbatdagi o‘quv mashg‘ulotlari joriy yilning 18-19 fevral kunlari televideniye yo‘nalishida faoliyat yurituvchi jurnlistlar uchun o‘tkaziladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter